Yo‘lovchi tashish avtobuslarining xizmat ko‘rsatish muddati qancha?
Transport vositalari soni ortib borishi yo‘l harakati ishtirokchilaridan hushyorlikni talab qiladi, qoidalarga rioya qilish mas’uliyatini oshiradi.
Transport vositalari soni ortib borishi yo‘l harakati ishtirokchilaridan hushyorlikni talab qiladi, qoidalarga rioya qilish mas’uliyatini oshiradi.
“Harakat xavfsizligi 15 kunligi” tadbirlari doirasida Toshkent viloyati IIB YHXB Transport vazirligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan yig‘ilishda ana shu jihatlarga e’tibor qaratildi.
Toshkent viloyatida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mas’ul xodimlar ishtirok etgan tadbirda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘lovchi tashish samaradorligini oshirish, shuningdek, yo‘lovchi tashish sohasidagi hujjatlar mazmun-mohiyati haqida so‘z bordi.
Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilariga jamoat transportlari texnik sozligini ta’minlash, qishki mavsumga tayyorgarligini yana bir bor ko‘zdan kechirish, “Ye-jarima” dasturi, haydovchilar tartib-intizomi, jamoat transportiga videoregistrator o‘rnatish majburiyligi, saylov hamda Yangi yil tadbirlarida yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, ishlab chiqarilganiga 15 yildan ko‘p bo‘lgan avtobuslarni foydalanishdan chetlatish bo‘yicha tushuncha va tavsiyalar berildi.
Ta’kidlanganidek, afsuski, haydovchilar turli ko‘rinishdagi yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari ham uchrab turibdi, yo‘nalishlarda ba’zan texnik nosoz yoki tegishli hujjatlari bo‘lmagan avtobus, mikroavtobuslarni ham uchratish mumkin. Oqibatda ayrim hollarda jamoat transporti ishtirokida yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lmoqda. Eng achinarlisi, bu hodisalarda yo‘lovchilar tan jarohati olmoqda.