Yo‘l qachon ta’mirlanadi?
FOTOTANQID
Buxoro tumani Gala Osiyo mahallasi hududdagi aholisi ko‘p markaziy mahallalardan hisoblanadi. Bu yerda ikkita umumta’lim maktabi, litsey, maktabgacha ta’lim muassasasi hamda sport maktabi joylashgan. Ularga eltuvchi Gulobod, Paxtakor, Gala Osiyo ko‘chalari bo‘ylab o‘tgan yo‘llar bir necha yillardan buyon ta’mirtalab holga kelib qolgan. Ayniqsa, yog‘ingarchilik mavsumida loy ko‘chada ko‘lmak kezib yurish aholiga katta qiyinchilik tug‘dirmoqda.
– O‘nqir-cho‘nqir bo‘lib qolgan ko‘chadan ishga, farzandlarimiz maktabga qishda loy kechib, yozda chang yutib borishga majburmiz, – deydi fuqaro Munira Murodova. – Yo‘lni ta’mirlash masalasida yordam so‘rab tegishli tashkilotlarga ko‘p murojaat qildik. Erta-indin ta’mirlanadi, qabilidagi javoblardan bo‘lak natija bo‘lmadi. Kutishdan charchadik.
Mutasaddi tashkilotlar ushbu masalaga qanday izoh beradi? Aholi muammo yechimini yana qancha kutadi?
Biz ham javob kutamiz.



