“Yil o‘qituvchisi” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Yil o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining uchinchi bosqichi Surxondaryo viloyatida ham bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning viloyat bosqichida tuman va shaharlarda saralangan 30 nafar pedagog g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdi. Ishtirokchilar o‘zlarining kasbiy mahorati, pedagogik faoliyati, ijodiy yondashuvi va bilim saviyasi bo‘yicha baholandi.
Bellashuvlar davomida pedagoglar shaxsiy rivojlanish, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat, ta’lim jarayonida qo‘llayotgan zamonaviy yondashuvlari hamda kitobxonlik bo‘yicha bilimlarini namoyish etdi.
[gallery-30638]
Tanlovning maqsadi ilg‘or tajribaga ega o‘qituvchilarni aniqlash, ularning kasbiy mahoratini rag‘batlantirish va ta’lim sifati hamda pedagog nufuzini yanada yuksaltirishdan iborat.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA