Yevroparlament Brexitni ma’qullamaydi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning qirollik Yevroittifoqdan chiqishiga oid takliflari mavjud muammolarni bartaraf etmasligi tufayli Yevroparlament ularni ma’qullamaydi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning qirollik Yevroittifoqdan chiqishiga oid takliflari mavjud muammolarni bartaraf etmasligi tufayli Yevroparlament ularni ma’qullamaydi.
TASS xabariga ko‘ra, bu haqda Yevroparlamentning Brexit bo‘yicha maslahat guruhining Bryusselda bergan bayonotida so‘z yuritiladi.
“Guruh Buyuk Britaniya bosh vazirining takliflari ayni shu holatda Yevroparlament tasdiqlashi mumkin bo‘lgan bitim uchun asos bo‘lmaydi, deb hisoblaydi. Negaki takliflarda mavjud muammolar yechimi ko‘rsatilmagan”, deyiladi bayonotda.