Yevropa parlamentiga yangi rais tayinlandi
Yevropa parlamenti deputati italiyalik David-Mariya Sassoli Yevropa parlamentining yangi raisi etib tayinlandi.
Yevropa parlamenti deputati italiyalik David-Mariya Sassoli Yevropa parlamentining yangi raisi etib tayinlandi.
TASS axborot agentligi xabariga ko‘ra, Yevroparlament raisligi lavozimiga Ska Keller (Germaniya), Sira Rego (Ispaniya), David-Mariya Sassoli (Italiya) va Yan Zaxradil (Chexiya) kabi siyosiy vakillar nomzodlikka qo‘yilgan. Ular orasidan Yevropa parlamenti deputati David-Mariya Sassoli saylovning ikkinchi tur natijalariga ko‘ra, 345 ovozga ega bo‘lib, Yevropa parlamenti raisligi lavozimini egalladi.
Qayd etish kerak, Sassoli o‘z raqiblariga nisbatan mutlaq farqli natijaga erishgan. Saylov natijalariga ko‘ra, Yan Zagradil-160 ta, Ska Keller-119 ta, Sira Rego-43 ta ovoz to‘plagan.
David-Mariya Sassolining ushbu lavozimdagi faoliyati 2 yarim yil muddatga belgilangan.
Ma’lumot o‘rnida, 63 yoshdagi deputat o‘z kasbiy faoliyatini jurnalist sifatida boshlagan.