Yevropa ligasi: yarim finalchilar deyarli aniq(mi?)
Kecha tunda Yevropaning to’rtta shahrida Yevropa ligasining ¼ final bosqich dastlabki uchrashuvlari o’tkazilib, ularda qayd etilgan natijalarga ko’ra yarim finalchilar deyarli aniq bo’lib ulgurdi.
Kecha tunda Yevropaning to’rtta shahrida Yevropa ligasining ¼ final bosqich dastlabki uchrashuvlari o’tkazilib, ularda qayd etilgan natijalarga ko’ra yarim finalchilar deyarli aniq bo’lib ulgurdi.
Ikki ispan klubi “Vilьyarreal” hamda “Valensiya” to’qnashuvida mehmonlar 3-1 hisobi bilan g’alaba qozongan bo’lsa, Londonning “Chelsi” klubi safarda Chexiyaning “Slaviya” jamoasi ustidan Xabi Аlonso tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g’alaba qozonib qaytdi.
Yana ikki uchrashuvda omad mezbonlarga kulib boqdi. “Finaldan oldingi final” nomini olgan Londonning “Аrsenal” hamda Italiyaning “Napoli” klublari qarama-qarshiligida Unay Emeri yana bir bor Yevropa ligasi bo’yicha mutaxassisligini isbotladi. O’yinda “kanonirlar” tez orada Italiya А Seriyasiga yo’l oladigan Аaron Remzi hamda Kalidu Kulibalining avtogoli evaziga 2-0 hisobida zafar quchdi. Bu natija esa javob o’yini oldidan “Аrsenal”ga sezilarli ustunlik taqdim etadi.
Va nihoyat so’nggi uchrashuvda Portugaliyaning “Benfika” klubi o’z maydonida Bundesliga vakili Frankfurtning “Аyntraxt” jamoasini 4-2 hisobida mag’lub etdi. Mazkur uchrashuvda 19 yoshli “Benfika” hujumchisi Joau Felish xet-trik qayd etdi. Shu tariqa u Yevropa ligasida bir o’yinda uchta gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Evropa ligasi. ¼ final. Dastlabki o’yinlar
“Vilьyarreal” (Ispaniya) – “Valensiya” (Ispaniya) – 1:3
Gollar: Kasorla (36-pen.), – Gedesh (6, 90), Vass (90)
“Аrsenal” (Аngliya) – “Napoli” (Italiya) – 2:0
Gollar: Remzi (14), Kulibali (25-avtogol)
“Slaviya” (Chexiya) – “Chelsi” (Аngliya) – 0:1
Gol: Аlonso (86)
“Benfika” (Portugaliya) – “Аyntraxt” (Frankfurt, Germaniya) – 4:2
Gollar: Joau Felish (21-pen., 43, 54), Diash (50) – Yovich (40), Gonsalu Pasiensiya (72).