Yevropa chempioni futbolchilik faoliyatini yakunladi
U professional faoliyati davomida «Jenoa», «Torino», Dortmundning «Borussiya»si, «Sevilya», «Lasio», «Beshiktosh», «Bolonya» va boshqa klublarda ham to‘p tepgan.
«Parij» futbol klubi rasmiy saytida 36 yoshli italiyalik hujumchi Chiro Immobile futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
Immobile 2026-yil fevral oyida parijliklar safiga qo‘shilgandi. U o‘tgan mavsum Liga 1 doirasida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Chiro Immobile «Sorrento» va «Yuventus» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U professional faoliyati davomida «Jenoa», «Torino», Dortmundning «Borussiya»si, «Sevilya», «Lasio», «Beshiktosh», «Bolonya» va boshqa klublarda ham to‘p tepgan.
Immobile faoliyati davomida bir qator nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritgan. U 2021-yilda Italiya terma jamoasi safida Yevropa chempionligini ham nishonlagan.