Yevrokomissiya rahbari vaʼda berdi
Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker Buyuk Britaniyaning yevrotizimda ishlayotgan fuqarolarini Brexitdan keyin oʻz lavozimlarida qolishlariga vaʼda berdi.
Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker Buyuk Britaniyaning yevrotizimda ishlayotgan fuqarolarini Brexitdan keyin oʻz lavozimlarida qolishlariga vaʼda berdi.
Ittifoqning navbatdan tashqari sammiti yakuniga bagʻishlangan matbuot anjumanida u, “Yevrotizimda Britaniyadan kelib ishlayotganlarning ayrimlari boshqa joyga oʻtishi mumkin, lekin hech qaysisi ishdan boʻshatilmaydi”, dedi u. Aytish joiz, yevrotizimda ishlovchi minglab britaniyaliklar ish joyini qanday saqlashiga Yunker aniqlik kiritmadi.
Vaholanki, ittifoqqa aʼzo boʻlmagan davlat fuqarolari bu tizimda ishlashi mumkin boʻlmagan holat, deyiladi TASS xabarida.