Yerro: “De la Fuente Ispaniyada oilaviy muhit yaratdi”
Bu jamoa xuddi bir oila kabi.
Madridning “Real” klubi va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Fernando Yerro bosh murabbiy Luis de la Fuentening ishiga yuqori baho berdi.
"Luis xotirjam inson va milliy terma jamoada ishlash qanday bo‘lishini juda yaxshi tushunadi. U futbolchilarni, ularning kuchli tomonlarini yaxshi biladi hamda ispan futbolidagi iqtidorli futbolchilar salohiyatini chuqur anglaydi.
Bu jamoa xuddi bir oila kabi. Ular birga vaqt o‘tkazishni yoqtiradi va bundan zavq oladi. Aynan shu narsa jamoada o‘ziga xos muhitni yaratmoqda.
Jahon chempionatida futbolchilar uzoq vaqt birga yashab, birga ishlaydi. Shunday paytda jamoa ichidagi muhit nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Menimcha, bu turnir boshlanishidan oldinyoq Luisning qilgan ishlari haqida ko‘p narsani anglatadi", — dedi Yerro.
Eslatib o‘tamiz, JCH–2026 finalida Ispaniya terma jamoasi Argentina bilan to‘qnash keladi. Hal qiluvchi bahs 19-iyul kuni AQShning Ist-Raterford shahridagi MetLife stadionida bo‘lib o‘tadi.