Yer sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda yer sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi.
Jumladan, fuqaro Sh.A. boshqa bir fuqaro F.ning ishonchiga kirib, tuman hududidan 10 sotix yer maydonini ajratib berilishini ijobiy hal qilishni va’da qilgan. Buning uchun 10 ming AQSH dollariga kelishib, shundan 9 ming 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Dovud ABIBULLAEV,
O‘zA muxbiri