Yengil atletikachilarimiz Tokioga yetib bordi
Besh kundan beri katta hayajon bilan davom etayotgan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining bir qator yo‘nalishlarida g‘oliblar aniqlangan bo‘lsa, yana bir nechta sport turlari bo‘yicha bahslar boshlanish arafasida.
Yana ikki kundan so‘ng, ya’ni 30 iyul kuni olimpiya o‘yinlarining yengil atletika bahslari start oladi.
Kecha “Tokio-2020” o‘yinlarida mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan O‘zbekiston yengil atletikachilari Turkiyada 6 iyuldan beri davom etayotgan so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yakunlab, bugun Yaponiya poytaxtiga yetib borishdi.
Xabaringiz bor, Tokio olimpiadasida 7 nafar yengil atletikachimiz o‘z yo‘nalishlarida g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Balandlikka sakrash bahslarida Svetlana Radzivil va Savina Sa’dullayev, uch xatlab sakrashda Roksana Xudoyorova va Ruslan Qurbonov, uzunlikka sakrashda Darya Reznichenko, bosqon uloqtirishda Suhrob Xo‘jayev, yetti kurash bellashuvlarida esa Yekaterina Voronina yozgi olimpiya o‘yinlarida Vatanimiz sharafini himoya qiladi.
To‘lqin Ro‘ziyev