Yengil atletikachilar “Talabalar ligasi”da qatnashmoqda
Shu kunlarda poytaxtimizdagi O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi sport bazasida “Talabalar ligasi” musobaqalarining final bahslari o‘tkazilmoqda.
Mamlakatimizning turli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan mahoratli sportchilar qatnashayotgan “Talabalar ligasi” musobaqasining ilk kungi bahslarida B.Sayfullayeva, X.Shavkatova, I.Mahkamov, O‘.Norboyeva, N.Norboyev, D. Ismoilov, S.G‘ofurjonov kabi yoshlar g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy egalladi.
Bugun, 24-may kuni yengil atletika bo‘yicha “Talabalar ligasi” musobaqasining so‘nggi kunida belgilangan yo‘nalishlarda sovrindorlar aniqlanadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA