"Yelorda kubogi"da kuchlilar saralanmoqda
Astana shahrida davom etayotgan "Yelorda kubogi" turniri borgan sari qizg‘in pallaga kirmoqda.
Kechagi bahslarda besh nafar vakilimiz ringga ko‘tarildi. Musobaqaning 60 kg vaznida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Dilshod Abdumurodov mezbonlar vakili Jexen Bibarisni taslim qilgan bo‘lsa, vazni 80 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar bahsida Jasurbek Yo‘ldoshev qozog‘istonlik Ilya Kissilev ustidan zafar quchdi.

Afsuski, Nusratbek Tohirov, Mirkomil Saytoxunov, To‘rabek Habibullayev o‘z vazn toifalarida mag‘lubiyatga uchradi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA