Yelizaveta II o‘zining 96 yoshini qarshilamoqda
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II payshanba kuni 96 yoshini shahar tashqarisidagi Sandringem yer mulkida qarshi oldi.
The Daily Telegraph gazetasining yozishicha, qirolicha kuni kecha u yerga Vindzor qal’asidan vertolyotda yetib kelgan. Uning turmush o‘rtog‘i, o‘tgan yili aprel oyida 99 yoshida vafot etgan Shahzoda Filipp vaqtini shu yerda o‘tkazishni yoqtirar edi.
Xabarda aytilishicha, qirolicha tug‘ilgan kunini oila davrasida o‘tkazadi va yaqin bir necha kunda mehmonlarni shu yerda kutib oladi.
Iyun oyida esa Yelizaveta II ning Britaniya taxtiga o‘tirganiga 70 yil to‘lishi munosabati bilan bo‘lajak tantanalarga tayyorgarlik ishlari boshlanadi.
Yelizaveta II 1926 yil tug‘ilgan va 25 yoshida otasi Georg VI ning o‘rniga taxtga o‘tirgan. 2015 yil sentyabrda u qirolicha Viktoriyaning taxtda uzoq o‘tirish bo‘yicha o‘rnatgan rekordini yangiladi.
2016 yil 13 oktyabrda Tailand qiroli Pumipon Adulyadetning vafotidan keyin Yelizaveta II mamlakatni eng uzoq boshqargan manarx bo‘lib turibdi.