YeI Xitoy chip ishlab chiqaruvchisiga qarshi sanksiyani vaqtincha yumshatmoqchi
Yevropa Komissiyasi Rossiyaga qarshi sanksiya 20-bosqichiga kiritilgan Xitoyning “Yangzhou Yangjie Electronic” kompaniyasiga qarshi cheklovni vaqtincha yumshatish taklifini ilgari surdi, deb xabar tarqatdi “Reuters” agentligi YeK vakiliga tayanib.
Nazarda tutilgan mazkur 9 oylik tanaffus Yevropa avtomobil ishlab chiqaruvchilariga chip yetkazib berish jarayoni va ta’minot zanjirida yuzaga kelgan jiddiy uzilishning oldini olish uchun korxona bilan biznesni davom ettirish imkonini beradi. Binobarin, hali kompaniya YeI sanksiyasi ro‘yxatidan olib tashlanmaydi: bunday qaror kuchga kirishi uchun Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha davlatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullanishi kerak.
YeK ma’lumotiga ko‘ra, ushbu korxona mahsulotlari Rossiya kuchlari tomonidan Ukrainaga qarshi ishlatilgan dron va glider bombasi tayyorlashda foydalanilgani uchun cheklov hujjatiga kiritilgan. Bryussel ta’kidlashicha, YeI iqtisodiyoti, jumladan avtomobil sanoatiga jiddiy zarar yetmasligi uchun, tegishli hatti-harakatni muvofiqlashtirishga qaratilgan chora muvozanatli bo‘lishi lozim.
S.Rahimov, O‘zA