«Yashil tashabbus»da yoshlar o‘z bilimini sinamoqda
Poytaxtimizdagi Botanika bog‘ida Yoshlar forumi doirasida O‘zbekiston Ekologik partiyasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi va Suv xo‘jaligi vazirliklari hamda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan «Yashil tashabbus» loyihasi viktorinasida oliy ta’lim muassasalari talabalari ham ishtirok etyapti.

– «Yashil tashabbus» loyihasi doirasida o‘tkazilgan viktorinada yoshlar o‘z omadini sinab ko‘rdi, – deydi xatirchilik yosh tadbirkor Farrux Mustafoyev. – Bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu loyiha doirasidan eng so‘nggi texnologiyalar ko‘rgazmasi, viktorina, interfaol dasturlar o‘rin olgan. Bugun maktab va institutda olgan bilimlarimni ayni shu viktorina orqali sinovdan o‘tkazyapman. Ekologiya sohasiga qiziqqanim sabab sohaga oid savollarni topishda qiynalmadim.
G. Nusratova,
O‘zJOKU talabasi