Yashil maydon: musaffo havo, sog‘lom hayot
Tahlillarga ko‘ra, Toshkent viloyatida hozir 1 million 522 ming gektar yer maydoni mavjud bo‘lib, shundan 90 ming 513 gektari o‘rmon, 316 ming 576 gektari esa yashil maydonlarni tashkil etadi.
2022-2023 yillar kuz-bahor mavsumlarida hududlarda jami 13 million 805 ming 300 tup ko‘chat ekish rejalashtirilayotgan bo‘lib, bu borada joylarda amaliy ishlar qilinyapti. Xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Nurafshon shahri markazidagi 4 gektarga yaqin yer maydonida 1 ming tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
[gallery-9355]
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida tashkil etilgan aksiyada hudud faollari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, jurnalist va blogerlar qatnashdi.
"Dolzarb 40 kunlik" doirasida hududdagi mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Bu boradagi ishlar boshqa joylarda ham amalga oshirilyapti. Mutaxassislar tomonidan Parkent, Yuqori Chirchiq va Ohangaron tumanlaridagi jami 29 gektar maydonlardagi chiqindi poligonlariga 5 qatordan 4 mingdan ortiq jiyda, pavlovniya, na’matak, archa daraxt va butazorlar barpo etiladi. Bu orqali tabiiy muhitni yaxshilash choralari ko‘riladi.
A.Musayev, D.Ernazarov (surat), O‘zA