Yaroqlilik muddati tugagan mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi
Namangan viloyati Pop shahar “Mustaqillik” MFY “San’atkor” ko‘chasida yashovchi fuqaro S.M O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat qilgan. Murojaatda bayon etilishicha, fuqaro Pop shahrida joylashgan oziq-ovqat savdo do‘konidan iste’mol uchun mahsulot sotib olgan, lekin iste’molchi xarid qilgan mahsulot sifatsiz ekanligini va yaroqlilik muddati o‘tganligi ma’lum bo‘lgan. Bundan qattiq norozi bo‘lib, murojaat qilishga qaror qilgan.


Ushbu murojaat Pop tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari va tuman DSEONM hodimlari hamkorligida o‘rganildi. O‘rganish jarayonida haqiqatdan ham savdo do‘koni rastalarida yaroqsiz mahsulotlar borligi ma’lum bo‘ldi. Jamiyat xodimlari tuman DSEONM xodimlari ishtirokida savdo rastalarida joylashgan yaroqsiz 23 turdagi mahsulot borligini aniqlashdi. Ushbu mahsulotlarning barchasi savdo rastalaridan olib tashlandi. Holat yuzasidan do‘kon rahbariga qonuniy tartibda tushuntirish va ogohlantirish berildi, yaroqsiz mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi.
O‘zA