Yaqin orada global urush bo‘lishi ehtimoli borligi aytilmoqda
Xavfsizlik bo‘yicha ekspert Endryu Mishtaning fikricha, yaqin besh yil ichida buyuk davlatlar o‘rtasida qurolli mojaro bo‘lishi mumkin. Ekspert The Wall Street Journal nashrida yozgan maqolasida ushbu fikrlarni keltirgan.
Kolumnistning yozishicha, AQSH bilan Xitoy o‘rtasida urush kelib chiqish ehtimoli hozir ancha yuqori. Ikki davlat o‘rtasidagi qurolli qarama-qarshilik Tayvan orolining kimga tegishli ekani masalasida keskinlashuv fazasiga chiqishi mumkin, deyiladi maqolada.
Mishtaning fikricha, AQSH armiyasining ushbu formatda urush olib borishga tayyor emasligidan foydalanib, boshqa qudratli davlatlar unga qarshi chiqishi mumkin. Shu bilan birga, Pentagonga qurolli kuchlarni modernizatsiya qilish uchun taxminan 15 yil kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, hozirgi paytda G‘arb koronavirus pandemiyasi, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadan kelayotgan migrantlari oqimi hamda “madaniy inqilob” tufayli noqulay vaziyatda qolgan", deydi muallif.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, ushbu omillar AQSHni ancha kuchsizlantirib qo‘ygan. Bu esa Vashingtonni taxtdan ag‘darishni istayotgan davlatlar uchun imkoniyat eshiklarini ochib beradi, deb xulosa qiladi Mishta.