Yaponiya Ukrainaga 4,5 milliard dollar ajratadi
Yaponiya Ukrainaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va Jahon banki orqali 4,5 milliard dollar miqdorida yordam ko‘rsatadi. Bu haqda Bosh vazir Fumio Kisida G7 onlayn sammitida ma’lum qildi.
Yaponiya Ukrainaga bir milliard dollar qo‘shimcha yordam taqdim etishga qaror qilgan. Bu pul gumanitar yordam hamda shaharni tiklash uchun ishlatiladi.
Avvalroq 7,6 milliard dollarga teng gumanitar, oziq-ovqat, moliyaviy va boshqa turdagi yordam taqdim etilgan. Yaponiya TIV saytida Tokio Jahon bankiga ajratilgan kreditni 5 milliard dollarga oshirish yo‘li bilan yordam ko‘rsatayotgani keltirilgan. Ushbu mablag‘ Kisida aytgan ko‘lamga kirish-kirmasligiga izoh berilmagan.
Aziza Halimova tayyorladi, O‘zA