Yaponiya terma jamoasi JCHga tayyorgarlik jarayonida tashkiliy muammolarga duch keldi
Osiyo vakillari uchun Monterrey shahridagi zamonaviyroq va barcha talablarga javob beradigan «Rayados» klubi qarorgohidan joy ajratildi.
Yaponiya milliy terma jamoasi bo‘lajak Jahon chempionatiga hozirlik ko‘rish uchun tanlangan «Tigres» klubining mashg‘ulot bazasidagi (mahalliy qarorgohidagi) sharoitlardan mutlaqo norozi bo‘ldi.
Jamoa vakillarini, ayniqsa, infratuzilma obyektlarining holati hamda mashg‘ulot maydoni chim qoplamasining (gazonning) sifati qoniqtirmagan.Yuzaga kelgan jiddiy muammolar sababli yaponlar Meksikani tark etish masalasini ham ko‘rib chiqishgan. Biroq tashkilotchilarning aralashuvi bilan vaziyat yumshatildi. Osiyo vakillari uchun Monterrey shahridagi zamonaviyroq va barcha talablarga javob beradigan «Rayados» klubi qarorgohidan joy ajratildi.
Terma jamoa tayyorgarlikning qolgan qismini ushbu bazada davom ettiradigan bo‘ldi.