Yangiyer shahrida «Onalar bog‘i» tashkil etildi
«Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirish ishlari doirasida Sirdaryo viloyati Yangiyer shahridagi "Bobur" mahallasida faol xotin-qizlar boshchiligida aksiya tashkil etildi. Unda onaxonlar tomonidan mevali daraxtlar va gul ko‘chatlari ekildi.
Ezgu sa’y-harakatlar natijasida mahallada «Onalar bog‘i» bunyod etildi. Mazkur aksiya boshqa mahallalarda ham davom ettirilishi rejalashtirilgan. Navbatdagi aksiya «Navro‘zobod» mahallasida o‘tkaziladi.





Shuhrat Suyarov, O‘zA