Yangilangan Mehnat kodeksi bo‘yicha kvest-trening
Soliq qo‘mitasida yangilangan Mehnat kodeksi talablari asosida mehnat unumdorligini oshirishga bag‘ishlangan kvest-trening tashkil etildi.
Unda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mutaxassislari tashkilot xodimlarini jamoalarga bo‘lishdi.

Jamoalar tomonidan “Ideal rahbar”, “Ideal soliqchi” va “Ideal tadbirkor” kabi mavzularda taqdimotlar tayyorlandi va har bir guruh o‘z pozitsiyasini himoya qildi.
Trening davomida ishtirokchilarning nazariy bilimlari ham oshirildi.

Shuningdek, ular jamoa bo‘lib ishlash, o‘zaro fikr, tajriba va g‘oya almashish imkoniyatiga ham ega bo‘lishdi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA