Yangiariqda terak plantatsiyalari barpo etildi
Xorazm vioyatida Prezidentimizning 2021 yil 30 dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni ijrosi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyati boshqaruvi va Yangiariq tuman bo‘linmasi hamkorligida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida har bir mahallada terak qalamchalari ekildi.

Bu xayrli tashabbusda mahalla faollari, kattayu kichik faol ishtirok etib, fond xodimlarini xayrli, ezgu ishlarini birdek qo‘llab-quvvatladi. Maqsad, yurtimizni yashillikka burkab, jannatmakon maskanga aylantirishdir. Umummilliy loyiha doirasidagi ishlar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.


O‘zA