Yangi savdo uyi ochildi
Davlatimiz rahbarining Qoraqalpog‘istonga bo‘lgan alohida e’tibori natijasida hudud iqtisodiyoti yanada mustahkamlanib, eksport salohiyati oshib bormoqda.
Ta’kidlash kerakki, Qozog‘iston Respublikasining Aqtau shahrida Qoraqalpog‘istonda yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish maqsadida maxsus savdo uyi ochilgan edi. Yaqinda Oqto‘be viloyati Oqto‘be shahri “Tabыs Alaңы” ulgurji savdo bozori hududida yana bir Qoraqalpog‘iston savdo uyi ochildi.
Savdo uyida maxsus savdo rastalari, muzlatkichli omborxonalar bo‘lib, barcha qulay infratuzilma yaratilgan. Markazda yurtimizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sanoat va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotilishi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri