Yangi Özbekistonning taraqqiyot tajribasi Iordaniya akademik doiralari eʼtiborida
Iordaniyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri — Ol-albayt universitetida universitet rahbariyati, professor-öqituvçilar, doktorantlar va talabalar iştirokida ötkazilgan uçraşuv, Amman şahri hokimi Usoma Abdulla Hoşim bilan muloqot, şuningdek, mamlakatning taniqli naşriyotlaridan biri — «Xutut va Zilol» jamoasi bilan bölib ötgan uçraşuvlarda FA Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo Özbekistonning zamonaviy taraqqiyot yöli va uning tarixiy asoslariga alohida eʼtibor qaratdi.
Xususan, akademik Azamat Ziyo Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning «Hozirgi zamon va Yangi Özbekiston» asarining mazmun-mohiyati, özbek xalqining sönggi 150 yil davomida boşidan keçirgan murakkab va oğir tarixiy bosqiçlari, ularning oqibatlari, davlatimiz rahbarining şaxsiy fazilatlari va yuksak yetakçilik salohiyati haqida atrofliça söz yuritdi.
Şuningdek, Yangi Özbekistonni barpo etişning tarixiy zarurati, sönggi ön yil içida mamlakatimiz siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida, xalqimiz turmuşida yuz bergan keng kölamli ijobiy özgarişlar alohida taʼkidlandi.
Prezidentimiz ilgari surayotgan «Inson ertaga emas, bugun yaxşi yaşaşi kerak», «Xalq davlat uçun emas, davlat xalq uçun xizmat qilişi lozim», «Inson qadri barça narsadan uluğ» kabi hayotiy tamoyillarning mazmun-mohiyati, ularning amaliy natijalariga töxtalib ötildi.
Muloqotlarda taʼlim, ilm-fan, maʼnaviyat, kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş va bilim olişga bölgan intilişni rağbatlantiriş masalalariga ham keng örin berildi. Ayniqsa, Şavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo, Turkiy dunyo, arab va islom olamidagi hamkorlikni mustahkamlaş, xalqlar örtasida döstlik va hamjihatlikni rivojlantiriş borasidagi taşabbuslari, Özbekistonning xalqaro munosabatlardagi tobora ortib borayotgan örni hamda özbek-urdun munosabatlarining istiqbollari xususida fikr almaşildi.
Özbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik instituti direktori, professor Komiljon Rahimov öz çiqişida Markaziy Osiyo zamini qadimdan jahon sivilizatsiyasi, ilm-fan va maʼrifatning yirik markazlaridan biri bölib kelganini taʼkidladi.
Uning qayd etişiça, Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Ahmad Farğoniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Uluğbek kabi buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy kaşfiyot va asarlar insoniyat taraqqiyotiga beqiyos hissa qöşgan.
Şuningdek, Abu Hafs Kabir Buxoriy, Imom Buxoriy, Imom Abu Iso Termiziy, Imom Abu Mansur Moturidiy, Burhoniddin Marğinoniy kabi uluğ allomalarimizning islom ilmlari rivojiga qöşgan ulkan hissasi tufayli yurtimiz asrlar davomida islom ilm-fani va madaniyatining eng muhim markazlaridan biriga aylangani alohida eʼtirof etildi.
Yangi Özbekistonda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri bölib, bu jarayon oddiy sohaviy islohotlar doirasidan çiqib, mamlakatning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyasi va falsafasiga aylangani taʼkidlandi.
Inson kapitaliga yönaltirilayotgan investitsiyalar, yoşlarning intellektual salohiyatini röyobga çiqariş uçun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ilm-fan va işlab çiqariş örtasidagi integratsiyani mustahkamlaş borasidagi saʼy-harakatlar Özbekistonning nafaqat Markaziy Osiyoda, balki jahon miqyosida ham ilmiy kaşfiyotlar va innovatsion texnologiyalar markazlaridan biriga aylanişi uçun mustahkam zamin yaratayotgani qayd etildi.
Uçraşuvlar davomida sözga çiqqan iordaniyalik olimlar Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar va tarixiy özgarişlar ularda katta taassurot qoldirayotganini taʼkidladilar.
Iordaniyalik hamkorlar Prezident Şavkat Mirziyoyevning şaxsi, uning mamlakat içki va taşqi siyosatida qisqa tarixiy davr mobaynida erişgan natijalari, mintaqaviy hamkorlik va xalqaro muloqotni rivojlantirişga qaratilgan taşabbuslarini katta qiziqiş bilan kuzatib borayotganliklarini bildirib, ularga yuksak baho berdilar.
Umuman, Iordaniyadagi mazkur uçraşuv va muloqotlar Yangi Özbekistonning bugungi taraqqiyot yöli, boy tarixiy-madaniy merosi, ilmiy salohiyati va xalqaro maydondagi faol pozitsiyasini xorijiy akademik va ekspertlar hamjamiyatiga keng tanitiş, şuningdek, Özbekiston va Iordaniya örtasidagi döstona munosabatlarni yanada mustahkamlaş yölida muhim ahamiyat kasb etdi.
N.Usmonova,
ÖzA