Yangi Özbekistonda inson qadri, uning soğligi va hayoti har narsadan ustun
Prezident Şavkat Mirziyoyevning tibbiyot xodimlariga yöllagan bayram tabrigi mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar eʼtirofi, şifokorlarga körsatilayotgan hurmat va eʼtibor ifodasi böldi.
Tabrikda qayd etilganidek, sönggi yillarda soğliqni saqlaş tizimini qöllab-quvvatlaş uçun ajratilayotgan mablağlar hajmi 7 barobar köpaytirilib, joriy yilda 49 trillion sömga yetkazildi. Bu raqam davlat siyosatida inson qadri, uning soğligi va hayoti har narsadan ustun ekanini anglatadi. Moliyaviy qöllab-quvvatlaş orqali şifoxonalarning moddiy-texnik bazasi yangilanib, eng ilğor diagnostika va davolaş texnologiyalari amaliyotga kiritilmoqda.
Taʼkidlanganidek, birlamçi böğin faoliyatini takomillaştiriş, xususan, infarkt, insult, onkologiya va gematologiya kabi oğir xastaliklarni erta bosqiçda aniqlaşning milliy tizimi yaratilgani minglab insonlarning hayotini saqlab qolişda hal qiluvçi qadam böldi. Şuningdek, sohani raqamlaştiriş jarayonlari — DMED elektron tarmoği, «Elektron şifoxona» va elektron retsept tizimlarining yölga qöyilgani byurokratiyani yöqotib, fuqarolarga ham, şifokorlarga ham katta qulaylik yaratmoqda. Bu, tibbiy xizmat körsatiş sifatini yangi bosqiçga kötariş bilan birga, şaffoflikni taʼminlaşini bildiradi.
Davlat tibbiy suğurtasi tizimi joriy qilinib, «Mablağ bemor ortidan boradi» tamoyilining joriy etilişi aholining dori-darmon va davolaniş xarajatlarini sezilarli darajada yengillaştirmoqda. Bundan taşqari, tibbiyot kadrlarini tayyorlaş tizimini xalqaro standartlarga moslaştiriş, oliygohlardagi kvotalarni köpaytiriş va rezidentura bosqiçiga ötiş orqali malakali mutaxassislar tayyorlaş kölamini kengaytiriş közda tutilgan. Bularning barçasi tibbiyot xodimlarining kasbiy salohiyatiga bölgan yuksak işonç va ğamxörlikni ifodalaydi.
Xususiy tibbiyot tarmoğining jadal rivojlanişi va farmatsevtika sanoatida mahalliy işlab çiqariş kölamining kengaygani yurtimizda soğlom raqobat muhiti şakllanganidan dalolat beradi. Bugungi kunda mahalliy korxonalarda minglab turdagi dori vositalari tayyorlanib, çet ellarga eksport qilinayotgani iqtisodiy yutuq böliş bilan birga, xalqimizning sifatli va arzon dori vositalariga bölgan ehtiyojini qondiradi.
Eng muhim körsatkiç sifatida mamlakatimizda örtaça umr köriş davomiyligi 73,8 yoşdan 75,4 yoşga yetgani qayd etilgan. Bu raqam ortida fidoyi şifokorlarimizning tinimsiz mehnati, yaratilgan şaroitlar va tibbiyotdagi ijobiy özgarişlar turibdi.
Davlatimiz rahbarining tabrigi barça soha vakillariga hurmat va eʼtibor ifodasi bölib, ularni yanada fidoyilik bilan işlaşga ilhomlantiradi. Inson salomatligi yölida xizmat qilayotgan har bir tibbiyot xodimi bugungi kunda jamiyatimizning eng hurmatli va şarafli vakillaridir.
Mohigul Qosimova,
ÖzA