Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz
Yurtimizda har bir bola vatanimiz ardog‘ida, himoyasida. Xoh sog‘lom bo‘lsin, xoh zaif bo‘lsin bari birdek vatanimiz uchun qadrlidir.
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan viloyat bolalar muruvvat uyida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ham bu yana bir bor namoyon bo‘ldi.

Aqli zaif, ammo ko‘ngli pok, mehribon bolajonlarning yuziga tabassum, o‘ksik qalblariga quvonch, shodlik ulashish eng katta saxovatdir.

Bojxonachilar tomonidan berilgan sovg‘a-salomlar bolalarga olam-olam zavq bag‘ishladi. Bolajonlar ijrosidagi kuy taronalar, she’r va raqslar mehmonlarga katta taassurot qoldirdi.
Zarif Komilov, O‘zA