“Yangi O‘zbekiston talabalar Olimpiadasi” ishtirokchilari kutib olinmoqda
Joriy yilning 4-9-iyun kunlari poytaxtimizda “Yangi O‘zbekiston talabalar Olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichi musobaqalari bo‘lib o‘tadi.
Bugun, 4-iyun kuni “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalari final bosqichi ishtirokchilarining dastlabki delegatsiyalari poytaxtimizda tantanali kutib olindi.

Ayni daqiqalarda poytaxtimizdagi Janubiy vokzalda “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarining birinchi va ikkinchi bosqichlarida matonat ko‘rsatib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan iqtidorli talaba-sportchilar poytaxtimizga yetib kelmoqda.

Olimpiya shaharchasida 7 ta sport turida o‘tkaziladigan musobaqalarning final bosqichida qariyb ikki ming nafar talaba g‘oliblik uchun bellashishi kutilmoqda.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA