«Yangi O‘zbekiston» oliy o‘quv yurti tashkil etiladi
Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizda «Toshkent 5 tashabbus harakati» bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Bekzod Musayev yoshlar bilan muloqot qildi.
Uchrashuvda «Yangi O‘zbekiston» oliy o‘quv yurti tashkil etilishi, unga malakali o‘qituvchilar, salohiyatli pedagoglar, xorijdan nufuzli kadrlar jalb qilinishi ma’lum qilindi.
Bosh vazir o‘rinbosari maktabdagi ta’lim tizimiga oid fikrlarini aytib o‘tdi. Yoshlarning oliy ta’lim tizimiga oid fikrlarini tingladi.

Suhbat jarayonida yangi oliy o‘quv yurtlari tashkil etilayotgani, talabalar uchun yotoqxonalar ko‘paytirilishi, bularning barchasi yoshlarga yanada qulay sharoit yaratish uchun qilinayotgani alohida e’tirof etildi.
B.Musayev yoshlarga faoliyati haqida qisqacha so‘zlab berdi. Oddiy bank xodimi lavozimidan ushbu mas’uliyatli darajagacha yetib kelishigacha bo‘lgan mehnat faoliyati bilan o‘rtoqlashdi.
D. Mamatova, O‘zA