Yangi o‘quv yiliga barchasi tayyor
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, yangi 2019-2020 o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablariga sinf jurnallari va boshqa hujjatlarni yetkazib berish ishlari boshlandi.

Vazirlik tomonidan maktablarga jami 247 372 dona sinf jurnali yetkazib beriladi. Bundan tashqari, maktablarga baholar tabeli, to‘garak mashg‘ulotlari jurnali kabi boshqa hujjatlar ham yetkaziladi.
Yangi o‘quv yilining boshidan barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quv jarayonida foydalanish uchun sinf jurnallari bilan to‘liq ta’minlanadi.
Ta’kidlash joizki, joriy yilda sinf jurnallarini tayyorlash jarayonida ularning dizayni va sifat jihatidan zamon talablariga javob berishi, o‘qituvchilar uchun qulaylik yaratishiga alohida e’tibor qaratildi.