Yangi nizom tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda
- jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni hisoblash tartibi;
- jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni to‘lash uchun tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish shartlari;
- ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlarga to‘lanadigan haq miqdori; jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni to‘lash tartibi belgilab berilgan.
2023 yilda jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar surishtiruv, tergov va sud organlariga ajratilgan mablag‘lar hisobidan va 2024 yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan qoplanadi.
O‘zA