Yangi Namangan tumanida jamoat transporti tizimi yangilanmoqda
FOTOREPORTAJ
Aholiga ko‘rsatilayotgan jamoat transporti xizmatlari sifatini yanada oshirish, yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz shart-sharoitlar yaratish maqsadida Yangi Namangan tumaniga zamonaviy avtobuslar keltirildi.
“Malakali Avto Trans” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelinayotgan mazkur avtobuslar jamoat transporti tizimini bosqichma-bosqich yangilash, yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda aholining transportga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘liq qondirishga xizmat qiladi.
[gallery-30245]
Loyiha doirasida jami 30 ta avtobus xarid qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirga qadar ularning 12 tasi Yangi Namangan tumaniga keltirilgan. Zamonaviy texnika va qulay salonga ega ushbu avtobuslar yo‘lovchilarga xavfsiz, shinam va sifatli transport xizmati ko‘rsatish imkonini beradi.
Kelgusida qolgan avtobuslarni ham bosqichma-bosqich olib kelish va mavjud yo‘nalishlarga chiqarish rejalashtirilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA