Yangi mehmonxona ishga tushdi
Mamlakatimiz sayyohlik sohasida ulkan salohiyatga ega. Xususan, tarixiy yodgorliklarga boy qadimiy va navqiron shaharlarimiz, noyob ekotizimga ega so‘lim go‘shalar, xalqimizning mehmondo‘st va samimiyligi sayyohlarni doimo o‘ziga jalb etib keladi.
Mamlakatimiz sayyohlik sohasida ulkan salohiyatga ega. Xususan, tarixiy yodgorliklarga boy qadimiy va navqiron shaharlarimiz, noyob ekotizimga ega so‘lim go‘shalar, xalqimizning mehmondo‘st va samimiyligi sayyohlarni doimo o‘ziga jalb etib keladi.Sirdaryo viloyatida keyingi yillarda ulkan bunyodkorlik ishlari olib borildi, ko‘rkam imoratlar, ravon yo‘llar, madaniyat va ta’lim maskanlari barpo etildi. Bugungi kunda viloyat markazida mahalliy va xorijlik mehmonlarni ko‘plab uchratish mumkin. Bu, o‘z navbatida, hududda sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish, mehmonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yuksaltirishni taqozo etmoqda.
Guliston shahrida faoliyat boshlagan “Oltin vodiy” mehmonxonasining ochilishiga bag‘ishlangan marosimda shu haqda so‘z bordi. “O‘zsanoatqurilishbank”ning Sirdaryo filiali tomonidan ajratilgan 300 million so‘m imtiyozli kredit evaziga bunyod etilgan mehmonxona qirq o‘ringa mo‘ljallangan.
– O‘tgan davr mobaynida viloyatimizda sayyohlarga sifatli va zamonaviy xizmat ko‘rsatish, yangi sayyohlik yo‘nalishlarini tashkil etish hamda turizm sohasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirildi, – deydi mehmonxona rahbari Sardor Nishonboyev. – Viloyatning turizm salohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida tarixiy-madaniy yodgorliklar, milliy hunarmandlik buyumlari, xalqimizning urf-odat va an’analarini aks ettiruvchi bukletlar, disklar tayyorlanmoqda. Bu viloyatimizga tashrif buyurgan mahalliy va xorijlik sayyohlarga hududning betakror go‘shalari va go‘zal joylari haqida ma’lumot olishlarida qo‘l keladi.