Yangi madaniyat markazi aholi xizmatida
Mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayrami munosabati bilan Andijon viloyati tuman va shaharlarida yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalari, savdo va xizmat ko‘rsatish inshootlari, ijtimoiy soha ob’ektlari foydalanishga topshirilmoqda.
Andijon viloyati Shahrixon tumani Sherqo‘rg‘on mahallasida qurilib, foydalanishga topshirilgan zamonaviy madaniyat markazi ham ana shunday inshootlardan biridir.
Keng jamoatchilik vakillari ishtirokida markaz ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda so‘z olgan Shahrixon tumani hokimi H. Dadaxonov va boshqalar tomonidan mamlakatimizda madaniyat sohasiga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli chekka chekka hududlarda ham zamonaviy, barcha qulayliklarga ega madaniyat ob’ektlari barpo etilib, xalqimizga xizmat qilayotganligi ta’kidlandi.
[gallery-8649]
Mazkur madaniyat markazi umumiy qiymati 5 milliard 60 million so‘mga teng loyiha doirasida “Ark servis montaj” xususiy korxonasi quruvchilari tomonidan barpo etildi.
Yangi markaz binosida ma’muriyat hamda to‘garaklar o‘tkazish uchun 8 ta xona, kiyinish xonalari, shuningdek, tadbirlar o‘tkazishga mo‘ljallangan 300 o‘rinli yozgi tomosha zali mavjud. Markazda to‘garak mashg‘ulotlari o‘tkazish hamda tomoshabinlar uchun zarur barcha qulayliklar yaratilgan.
Yangi madaniyat markazi Sherqo‘rg‘on mahallasi aholisi uchun haqiqiy bayram tuhfasi bo‘ldi.
F. UBAYDULLAEV,Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA