Yangi loyiha jamoatchilik muhokamasida
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida amalga oshirilayotgan yangi investitsiya loyihasi yuzasidan jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.
Tumanda Kipr Respublikasining “Semanti Limited” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “KARAKULKIMYO” majmuasini qurish loyihasi yuzasidan jamoatchilik eshituvi tashkil etildi.
Unda tuman hokimi Xurshid Tohirov, loyiha rahbari Sardorbek Mahmudov, “KARAKULKIMYO” XK mutaxassislari, fermerlar va mahalla raislari qatnashdi.
[gallery-11967]
Yig‘ilganlarga loyiha haqida batafsil ma’lumot berildi.
Qiymati 600 million AQSH dollari bo‘lgan ushbu majmuani taxminan 50 gektar yer maydonida 2025 yilgacha qurish rejalashtirilgan. Bu yerda yiliga 495 ming tonna ammiak va 594 ming tonna karbamid ishlab chiqarish mo‘ljallangan. Loyiha ishga tushishi natijasida 500 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Jamoatchilik eshituvida qatnashgan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga loyiha koordinatorlaridan atroflicha javob oldi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA