Yangi korxona ish boshladi
Navoiy viloyati Konimex tumanida “Konimextex” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyat boshladi.
Navoiy viloyati Konimex tumanida “Konimextex” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyat boshladi.
Zamonaviy xorijiy texnologiya va tikuv mashinalari bilan jihozlangan yangi korxonada 100 ga yaqin xotin-qiz maxsus kurslarda oʻqitilib, ishga qabul qilindi.
– Bu yerda samarali ishlash uchun barcha sharoit yaratilgan, — deydi korxona ishchisi G.Nurmuhammedova. – Zamonaviy korxonada ishlayotganimdan xursandman.
Tumanda yana ikkita yirik loyiha ustida ish olib borilmoqda. Xususan, noyabr oyi oxiriga qadar kuniga 100 tonnagacha gips mahsuloti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Navoiy Gips Xomashyo” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli korxona faoliyat boshlaydi. Shuningdek, asfalt-beton qorishmasi uchun mineral kukun tayyorlashga ixtisoslashgan “Riverston Powders” MCHJga tegishli obyekt ham foydalanishga topshirilishi koʻzda tutilmoqda.