Yangi Konstitutsiyaning muallifi - xalq (+video)
Bizga ma’lumki, Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasida bugungi globallashuv jarayonida yurtdoshlarimiz va mamlakatimiz manfaatlarini to‘laqonli himoya qilgan holda mamlakat taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan alohida ikki yo‘nalish va uning doirasida amalga oshirishga qaratilgan maqsad va vazifalar belgilandi. Jumladan, Harakatlar strategiyasidan farqli ravishda Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish hamda Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish kabi yo‘nalishlar belgilandi.
Avvalgisiga nisbatan 65 foizi yurtdoshlarimiz takliflari asosida yangilangan Bosh Qomusimizda inson huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlikka yuqori maqom berish, o‘qituvchilar mavqeini mustahkamlash kabi yangi moddalarning kiritilgani har bir fuqaroning ko‘ngliga mamnunlik baxsh etadi. Bu xalqimiz tabiatidagi bag‘rikenglik, donishmandlik fazilatlarining amaldagi namoyonidir.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Umida Rahmonova Yangi Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalq ekanligini yana bir bor e’tirof etdi.
Batafsil:
<iframe width="866" height="487" src="https://www.youtube.com/embed/8DV5XwEzsXU" title="Yangi Konstitutsiyaning muallifi - xalq" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Xulosa qilib aytganda xalqimiz muallifligida ishlab chiqilgan Yangi O‘zbekistonning Yangi Konstitutsiyasi mamlakatimiz taraqqiyoti, fuqarolarimiz turmush tarzini yuksaltirish yo‘lida yo‘lchi yulduz bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.
M.Turdaliyeva, A.Ahmedov,O‘zA