YANGI KITOB: “Islom aqidasi”ni oʻqing
“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi taniqli adib Ziyovuddin Rahimning “Islom aqidasi” nomli kitobini chop etdi.
“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi taniqli adib Ziyovuddin Rahimning “Islom aqidasi” nomli kitobini chop etdi.
Kitobda islom dini asoslari, aqida va iymon masalalari haqida gap boradi. Toʻplamga inson qaysi yoʻldan yursa, eʼtiqodi toʻgʻri boʻlishi, Alloh roziligini topib, jannatga kirishi, kishini ezgulik, yaxshilik qilishga daʼvat etuvchi gʻoyalar singdirilgan.
Kitob sodda tilda yozilgan. Eʼtiqod, din tushunchalari atrofida mulohozalar keltirilgan. Har bir mavzu oxirida savol-javoblar gʻoya mohiyatini yana-da kengroq va toʻliqroq ochib bergan.