Yangi kitob: “Aljabrning tug‘ilishi”
“Yangi asr avlodi” nashriyoti tomonidan tarixchi-yozuvchi Mirkarim Osimning “Aljabrning tug‘ilishi” nomli kitobi chop etildi.
“Yangi asr avlodi” nashriyoti tomonidan tarixchi-yozuvchi Mirkarim Osimning “Aljabrning tug‘ilishi” nomli kitobi chop etildi.
To‘plamga adibning Muhammad al-Xorazmiy hayot yo‘li haqidagi afsona va rivoyatlarga asoslanib yozilgan “Aljabrning tug‘ilishi” va Buxoro xoni Abdullaxon davrida jamiyatda hukm surgan siyosiy tuzum, adabiy va ilmiy faoliyat aks etgan “Karvon qo‘ng‘irog‘i” qissasi kiritilgan.
Ushbu kitob o‘sib kelayotgan yosh avlodga ajdodlarimiz haqida atroflicha ma’lumot olishda yordam beradi.