Yangi kelishuv ikki yoqlama boʻlmaydi...
Yangi kelishuv ikki yoqlama boʻlmaydi, balki bunday raketalarga ega davlatlar orasida tuziladi.
AQSHning NATOdagi doimiy vakili Keyo Beyli Xatchison oʻrta va qisqa masofaga uchiriluvchi raketalarni tugatish boʻyicha xalqaro kelishuv barham topgach, Rossiya bilan yangi kelishuv imzolanishi mumkinligini taʼkidladi. Yangi kelishuv ikki yoqlama boʻlmaydi, balki bunday raketalarga ega davlatlar orasida tuziladi.
“Aslida bu raketalarga oid xalqaro talablarni boshqalar ham buzadi. AQSH tomoni aynan shular ham nazarda tutilgan kelishuv tarafdori”, dedi Xatchison va mazkur masala NATOning 13-14 fevralda Bryusseldagi vazirlar miqyosidagi yigʻilishida muhokama qilinishini taʼkidladi", deyiladi rosbalt.ru xabarida.