“Yangi bitimda hech bir yangi jihatni koʻrmadik”
Yevrokomissiya Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey taqdim qilgan Brexit boʻyicha yangi bitimda avvalgidan farqli boʻlgan yangilikni koʻrmadi.
Yevrokomissiya Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey taqdim qilgan Brexit boʻyicha yangi bitimda avvalgidan farqli boʻlgan yangilikni koʻrmadi. Bu haqda Bryusseldagi matbuot anjumanida Yevrokomissiyaning rasmiy vakili Margaritis Sxinas fikr bildirgan.
U Tereza Mey taqdim etgan “B” rejaga izoh berarkan, “Biz Bryusseldan turib hech narsa deya olmaymiz, negaki yangi bitimda hech bir yangi jihatni koʻrmadik”, deb, britan parlamentidagi debatlarni kuzatishini taʼkidlagan. Maʼlumot uchun, Mey britan parlamentiga yangi Brexitni taqdim qilgan. Hujjat 29 yanvargacha muhokama qilinib, ovozga qoʻyiladi, deyiladi “Rambler” xabarida.