Yangi axborot tizimi yaratildi
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazida “E-Maktab” yangi axborot tizimi yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazida “E-Maktab” yangi axborot tizimi yaratildi.Bu tizim o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini oqilona tashkil etish, ijodiy-intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish va rivojlantirishga ko‘maklashadi. Musiqa va san’at, bolalar va o‘smirlar sport maktablari hamda “Barkamol avlod” bolalar markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish, monitoringini olib borish imkonini beradi.
Mazkur tizim – www.e-maktab.uzdan foydalanuvchilar ellikdan ortiq parametr bo‘yicha ma’lumotlar qidirishi, ularni qisqa muddatda olishi, maktabdan tashqari ta’limga oid yangiliklardan xabardor bo‘lib borishi mumkin.