Yana noqonuniy daraxt kesilishi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Jizzax viloyati Zarbdor tumani "A.Navoiy" MFY hududida fuqarolar A. U. va Z. S. tomonidan 1 tup o‘sishdan to‘xtamagan va 1 tup qurigan archa daraxtlari noqonuniy kesib tashlangan.
IIB xodimlaridan iborat tezkor guruh tomonidan huquqbuzarlarga tegishli bo‘lgan, kesilgan daraxtlar ortilgan avtotransport vositasi jarima maydonchasiga qo‘yildi.

Fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma tuzildi. Mazkur huquqbuzarlik BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida qayd etish lozimki, davlat o‘rmon fondiga kiritilmagan daraxt va butalarga qonunga xilof ravishda shikast yetkazganlik uchun jarima miqdori moratoriy davrida besh barobar, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar esa ikki barobarga oshirilgan.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA