Yan Diomande nega PSJ va «Liverpul» emas, «Real»ni tanladi?
Jarayonda Mourinyo muhim rol o‘ynagan va vingerga jamoada qanday o‘rin berilishini shaxsan tushuntirgan.
The Athletic Yan Diomande nima sababdan PSJ va «Liverpul»ning jiddiy qiziqishiga qaramay, Madridning «Real» klubini tanlaganini ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, bosh murabbiy Joze Mourinyo va «Real» rahbariyati o‘rtasidagi tarkibni rejalashtirish bo‘yicha yig‘ilishda jamoaning o‘ng qanotini kuchaytirish zarurligi haqida yakdil fikrga kelingan.
Madridliklarning hujumlari ko‘pincha Vinisius Junior, Jud Bellingem va Kilian Mbappe harakat qiladigan chap qanot orqali tashkil etilishi ta’kidlangan. Qarama-qarshi qanotda kreativlik yetishmasligi esa jamoaning hujum imkoniyatlarini cheklab, raqiblarga himoyalanishni osonlashtirayotgani qayd etilgan.
«Real» Diomande bilan muzokaralarda aynan shu jihatni futbolchiga tushuntirgan. Jarayonda Mourinyo muhim rol o‘ynagan va vingerga jamoada qanday o‘rin berilishini shaxsan tushuntirgan.
Shuningdek, «Real» futbolchiga klubning oq futbolkasini sovg‘a qilgan va uning individual hamda jamoaviy rivojlanishiga qaratilgan maxsus reja taqdim etgan.
Diomandega ushbu loyiha qanday ishlashi mumkinligiga misol sifatida Vinisius Juniorning «Real»dagi rivojlanish yo‘li ko‘rsatilgan.
Natijada Madrid klubi futbolchini ishontira olgan va PSJ hamda «Liverpul»ni ortda qoldirib, Diomande uchun kurashda ustunlikka erishgan.