Yamal "Sabah"ga qarşi öyinni ötkazib yuboradi
Kataloniya klubi 19 yoşli futbolçining soğliği bilan boğliq vaziyat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
"Barselona" Çempionlar ligasining 5-turida Ozarbayjonning "Sabah" klubiga qarşi öyinda Lamin Yamal xizmatidan foydalana olmaydi.
Kataloniya klubi 19 yoşli futbolçining soğliği bilan boğliq vaziyat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Unga köra, Yamal öng oyoği töpiğida yengil oğriq sezmoqda. Şu sabab murabbiylar ştabi futbolçining salomatligini xavf ostiga qöymaslik maqsadida uni navbatdagi uçraşuvdan ozod etişga qaror qilgan.
E’tiborlisi, Yamal 22-noyabr kuni Ispaniya çempionati doirasida "Vilyarreal"ga qarşi keçgan bahsda töliq 90 daqiqa harakat qilgan. Öşa uçraşuvda "Barselona" 0:2 hisobida ortda borayotganiga qaramay, yakunda 3:2 hisobida ğalaba qozongan edi.
Klub tibbiy ştabining ma’lumotiga köra, ispaniyalik vinger 29-noyabr kuni La Liga doirasida "Deportivo"ga qarşi ötkaziladigan uçraşuvga qadar safga qaytişi kutilmoqda.
"Sabah" — "Barselona" uçraşuvi 25-noyabr kuni Bokudagi Olimpiya stadionida bölib ötadi. Bahs Toşkent vaqti bilan soat 22:45 da boşlanadi.
Şuningdek, "Barselona" tarkibida Xavi Espart va Runi Bardji ham jarohat sabab mazkur uçraşuvda iştirok etmaydi.