Yagona migratsion markaz ish boshladi
Bu yerda migratsion kartani toʻldirish tartibi, sugʻurta polislarini rasmiylashtirish kabi imkoniyatlar yaratilgan.
Prezidentimiz 28-fevral kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yirik loyihalar bilan tanishish maqsadida Yashnobod tumanida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkaziga tashrifi doirasida Yagona migratsion markaz faoliyat boshladi.
Markazni tashkil etishdan asosiy maqsad Rossiya Federatsiyasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini joʻnash oldidan tayyorlash, moslashuv va psixologik tayyorlash xizmatlarini koʻrsatishdan iborat.
Bu yerda migratsion kartani toʻldirish tartibi, sugʻurta polislarini rasmiylashtirish kabi imkoniyatlar yaratilgan.
Shuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti kelishuviga muvofiq, Rossiyaga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarga rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligini oʻrgatish va patent olish uchun talab etiladigan tegishli sertifikatni Oʻzbekistonda berish kabi xizmatlar koʻrsatiladi.