Xususiylashtirish borasida yangicha qadam (+video)
Yoxud sotilishi belgilangan yirik davlat aktivlari ommaviy savdolarga chiqarildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida” 2021 yil 11 fevraldagi PF-6167-son Farmoni bilan davlatning bir qator yirik aktivlarini xususiylashtirish belgilangan.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mazkur farmonga muvofiq, joriy yilning mart oyida savdolarga chiqarilgan quyidagi davlat aktivlarini yangicha, zamonaviy usullar orqali sotish bo‘yicha savdolar boshlanganini e’lon qildi, jumladan:
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/hPuPSO1o604" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>“Poytaxt biznes majmuasi”, “Malika” savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi, sobiq “Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi binosi”, “Ma’muriy bino” (Sobiq Respublika birja markazi), “Ichan qal’a” mehmonxona majmuasi, Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi, “Beldirsoy oromgohi”, “Sijjak” dam olish maskani, “Qizil suv sport sog‘lomlashtirish” MCHJ.
Endilikda siz ushbu ob’ektlarga Davlat aktivlarini boshqarish agentligining rasmiy veb saytidagi “vertual ko‘rish 360” formati orqali sayyohat qilishingiz mumkin.
Ob’ektlarni sotib olish bo‘yicha takliflar 2021 yil 30 aprelga qadar Davlat aktivlari agentligida qabul qilinadi.
Ommaviy savdolarda qatnashish va uning tartiblari haqidagi ma’lumotni Agentlikning davaktiv.uz veb-sayti va 71 kodi bilan 259-22-10 raqamlari orqali olishingiz mumkin.