Xushvaqtova Madina Farxodovnaning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Neftni qayta ishlash korxonalari hududida istiqomat qiluvchi bolalarda atopik dermatitning klinik-immunologik xususiyatlari” mavzusida
Xushvaqtova Madina Farxodovnaning 14.00.36 - “Allergologiya va immunologiya” ixtisosligi bo‘yicha “Neftni qayta ishlash korxonalari hududida istiqomat qiluvchi bolalarda atopik dermatitning klinik-immunologik xususiyatlari” mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 21 aprel kuni soat 15:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100060, Toshkent shahar, Ya.G‘ulomov ko‘chasi, 74-uy. Immunologiya va inson genomikasi instituti.
Tel.: (99871) 207-08-30
e-mail: immunology@immuno.uz