Xotin-qizlar huquqlari xalqaro himoyada
Jizzax shahridagi “O‘zbekiston” mehmonxonasida “Xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish va zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda “East-West Management Institute” nodavlat notijorat tashkiloti(NNT)ning O‘zbekistondagi filiali “Sud tizimini mustahkamlash” (JSSA) qo‘shma loyihasi bilan hamkorlikda Jizzax viloyati sudi, viloyat ma’muriy sudi sudyalari hamda viloyat “Istiqlol avlodi” ijtimoiy-iqtisodiy huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi xodimlari ishtirokida tashkil etildi.

Ishtirokchilarga inson huquqlari va gender tenglik tushunchasi, gender tenglikni ta’minlashning halqaro va milliy mexanizmlari, gender stereotip(mehnat munosabatlarida gender notenglik)lari va diskriminatsiya nima (kamsitish, tahqirlash, haq-huquqini cheklab qo‘yish, huquq jihatidan baravar ko‘rmaslik) va ularni sudyalar faoliyatida tutgan o‘rni hamda sud amaliyotida gender diskriminatsiyasi va zo‘ravonligini oldini olish bo‘yicha halqaro standartlarni joriy qilish namunalari mavzulari bo‘yicha tashkil etilgan sessiyalar ishtirokchilarning asosiy diqqat markazida bo‘ldi.

Shu o‘rinda, seminar-trening mazkur yo‘nalishda ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlaganini alohida ta’kidlash joiz.
Tadbir qizg‘in bahs munozaralarga, ishtirokchilarning faol qatnashuvlariga va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.

Anjuman yakunida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi tomonidan ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.



A.QAYUMOV,
J.YORBEKOV (surat), O‘zA